logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"PSJ" Enrike bilan muzokaralarni boshladi

 7 FEVRAL, 2026, 23:06

"PSJ" klubi bosh murabbiy Luis Enrike bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshladi. Klub bu kelishuv muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonmoqda, biroq ispaniyalik mutaxassisga boshqa jamoalardan ham qiziqish katta, deb xabar bermoqda L’Équipe.

Parij klubi ispaniyalik murabbiy bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolashni niyat qilgan. Rahbariyat shaxsiy suhbatlarda dastlabki muzokaralar juda xotirjam muhitda o'tayotganini va hammasi belgilangan muddatda yakunlanishini tushuntirmoqda. "PSJ" mutasaddilari murabbiy mavsum tugagunga qadar yangi shartnomaga qo'l qo'yishidan umidvor.

Enrike Parij klubini 2023 yilning yozida qabul qilib olgan edi. Uning boshqaruvi ostida "PSJ" ikki marta Frantsiya chempioni bo'ldi, ikki martadan Frantsiya Kubogi va mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi. Shuningdek, u 2024/2025 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi hamda Qit'alararo kubokda g'oliblikka erishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ