Xansi Flikning "mashinasi" to'xtamayapti: "Barselona"ning g'alabali seriyasi 6 ta o'yinga etdi
7 FEVRAL, 2026, 22:36
"Barselona" o'z g'alabali seriyasini oltita o'yinga etkazib oldi. Xansi Flik jamoasi Ispaniya chempionatining 23-turida "Malorka"ni mag'lub etdi (3:0). Bungacha "Albasete" (2:1), "Elche" (3:1), "Kopengagen" (4:1), "Ovedo" (3:0) va "Slaviya" (4:2) jamoalari taslim etilgan edi.
So'nggi 18 ta o'yinda — 29 noyabrdan boshlab — "blaugrana" 17 ta g'alabani qo'lga kiritdi. Ularga yagona mag'lubiyatni 18 yanvar kuni "Real Sosedad" taqdim etdi.
12 fevral kuni "Barselona" Ispaniya Kubogi doirasida "Atletiko Madrid" bilan to'qnashadi.
