logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. "Arsenal" "Sanderlend"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

 7 FEVRAL, 2026, 22:24

Angliya Premer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 25-turi doirasidagi "Arsenal" va "Sanderlend" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Ushbu bahsda "kanonirlar" 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Martin Subimendi 42-daqiqada londonliklarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, 66-daqiqada Viktor Dyokeresh jamoasining ustunligini ikki baravarga oshirdi. O'yinning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan 90+3-daqiqada esa Dyokeresh dublini rasmiylashtirdi.

Ushbu o'yindan so'ng "Arsenal" 56 ochko bilan Angliya oliy divizioni turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Sanderlend" esa 36 ochko bilan to'qqizinchi pog'onada joylashgan.

Navbatdagi turda "kanonirlar" 12 fevral kuni safarda "Brentford" bilan to'qnashadi, "qora mushuklar" esa 11 fevral kuni "Liverpul"ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ