Qishki Olimpiadaning ilk oltin medali SHveycariyaga nasib etdi
7 FEVRAL, 2026, 20:48
Italiyaning Milan va Kortina-d'Ampecco shaharlarida XXV qishki Olimpiya o'yinlari start oldi.Bugun musobaqa doirasidagi ilk oltin medal o'ynaldi.
Ikki karra Jahon chempioni, shveycariyalik tog' chang'ichisi Frano fon Allmen Olimpiadada tog'dan tushish bo'yicha oltin medalni qo'lga kiritdi. U 1:51.61 daqiqa natija bilan marraga etib keldi.
Jovanni Franzoni (Italiya) ushbu musobaqada g'olibdan 0.20 soniya ortda qolib, kumush medalni qo'lga kiritdi. Yana bir italiyalik Dominik Paris esa uchinchi o'rinni egallab, 0.50 soniya ortda qoldi.
1. Frano fon Allmen (SHveycariya) – 1:51.61.
2. Jovanni Franzoni (Italiya) +0.20.
3. Dominik Paris (Italiya) +0.50.
Manba: olamsport.com
