Aytjan Xalmaxanov Zagreb Open turniri chempioniga aylandi
7 FEVRAL, 2026, 19:32
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Xorvatiya poytaxti Zagrebda yunon-rum kurashi bo'yicha Zagreb Open xalqaro turniri bo'lib o'tmoqda.Unda qatnashayotgan O'zbekiston terma jamoasi musobaqaning birinchi kunida oltin medalga sazovor bo'ldi.
Ushbu medalni iqtidorli polvonimiz Aytjan Xalmaxanov keltirdi. -67 kg vazn toifasida kurashgan polvonimiz barcha raqiblarini mag'lub etib, “klassik” kurashchilarimizning joriy yildagi ilk medaliga mualliflik qildi.
Manba: olamsport.com
