Ter Shtegen operatsiya qilindi
7 FEVRAL, 2026, 18:42
Mark-Andre ter Shtegen operatsiya qilindi. "Barselona" tomonidan "Jirona"ga ijaraga berilgan darvozabon La Liga doirasidagi "Ovedo"ga qarshi o'yinda (0:1) jarohat olgan edi — germaniyalik posbonda sonning orqa qismi mushaklari yirtilishi va paylarning shikastlanish ehtimoli aniqlangan.
Shanba kuni "Jirona" klubi ter Shtegenning jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tganini ma'lum qildi, biroq uning tiklanish muddatlariga aniqlik kiritilmagan.
