logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa "Mestalya"dagi qiyinchiliklar haqida gapirdi

 7 FEVRAL, 2026, 17:48

"Real Madrid" yakshanba kuni oqshomda Ispaniya chempionati doirasida "Valensiya" mehmoni bo'ladi. "Qaymoqranglilar" ustozi Alvaro Arbeloa nima uchun madridliklarga an'anaviy tarzda "Mestalya" stadionida o'ynash qiyin kechishi haqidagi savolga javob berdi.

"Valensiya"ning doimo kuchli jamoasi bo'lgan — sifatli tarkib, yaxshi murabbiylar... Valensiya shahrida biz "Real" muxlislari tomonidan katta qo'llab-quvvatlashni his qilamiz. Biroq "Real"ni mag'lub etish — har qanday jamoa uchun mavsumdagi asosiy vazifalardan biridir", — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.

"Real" La Liga jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. "Barselona" bilan oradagi farq atigi bir ochkoni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ