logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ballak "Bavariya"ga "Inter" futbolchisini sotib olishni maslahat berdi

 7 FEVRAL, 2026, 17:42

Yann Bissekning harakatlari ko'pchilikda katta taassurot qoldirmoqda va u allaqachon Germaniya terma jamoasi o'yinlariga jalb etila boshlandi. Myunxenning "Bavariya" klubi ham uni o'z tarkibida ko'rishni istaydi — buni ilgari aynan Germaniyada hukmronlik qiluvchi ushbu klubda to'p surgan Mixael Ballak ta'kidlamoqda.

"Bu jamoani yangilash va yoshartirish zaruriyati haqida fikr yuritganda xayolga keladigan birinchi ismlardan biridir", — deya Mixael Ballakning so'zlarini keltiradi "fcinter1908.it" nashri.

Eslatib o'tamiz, Ballak "Bavariya" safida 2002 yildan 2006 yilgacha faoliyat yuritgan va 2012 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Bissek esa 2023 yilda Daniyaning "Orxus" klubidan "Inter"ga ko'chib o'tgan edi. U kelib chiqishiga ko'ra kamerunlik hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ