logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» Lisandro Martinesni nishonga oldi

 7 FEVRAL, 2026, 15:54

«Barselona» o'z tarkibini kuchaytirish bo'yicha rejalar tuzmoqda. «CaughtOffside» nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubining qiziqishlar doirasiga «Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Lisandro Martines tushgan.

Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted» 28 yoshli Martinesni sotishni istamayapti. Shu bilan birga, «Barselona»ga yaqin bo'lgan shaxslarning fikricha, agar narx maqbul bo'lsa, transfer amalga oshishi mumkin.

«Qizil iblislar» Lisandro Martines uchun taxminan 55 million evro talab qilishlari mumkin.

Martines «MYu» safida jami 104 ta o'yin o'tkazgan. Ularda argentinalik futbolchi o'z hisobiga uchta gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ