logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Zommerning taqdiri yaqin haftalarda hal bo'ladi

 7 FEVRAL, 2026, 15:12

Darvozabon Yann Zommerning Milanning «Inter» klubi bilan shartnomasi mavsum yakunida o'z nihoyasiga etadi.

Ko'plab mish-mishlarga ko'ra, «neradzurrilar» rahbariyati shveytsariyalik posbon bilan xayrlashishga tayyor va uning shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmayapti. Shunga qaramay, insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, vaziyat noaniqligicha qolmoqda: yaqin haftalarda tomonlar uchrashuv o'tkazishadi va unda 37 yoshli darvozabonning kelajagi hal qilinadi. Yangi kelishuv imzolanishi hali ham istisno etilmagan.

Yann Zommer 2023 yilning yozida Myunxenning «Bavariya» klubidan «Inter»ga ko'chib o'tgan edi. Joriy mavsumda posbon Kristian Kivu jamoasi safida barcha turnirlarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 25 ta to'p olib chiqdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ