logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Frank «Tottenxem» xo'jayinlarini himoya qildi

 7 FEVRAL, 2026, 15:06

Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Tomas Frank klub xo'jayinlari — Lyuislar oilasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ular juda, juda jiddiy xo'jayinlar. Men ular bilan muntazam ravishda gaplashib turaman. Men ular bilan birgaman, shuning uchun menda hech qanday shubha yo'q. Menimcha, ularni yangi yildagi yangi transfer oynasiga qarab baholash bir oz adolatsizlik. Bu ular jamoa boshqaruviga kelganidan keyingi birinchi transfer oynasi edi", — deya Frankning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

Ta'kidlash joizki, shu qishda «shporlar» Madridning «Atletiko» klubidan Konor Gallaxerni va «Santos»dan Souzani sotib olishdi. Shu bilan birga, Brennan Jonson «Kristal Pelas»ga yo'l oldi.

24-turdan so'ng «Tottenxem» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 29 ochko bilan 14-pog'onani egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ