logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Atletiko" Simeonega o'rinbosar qidirmoqda

 7 FEVRAL, 2026, 08:42

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone va sport direktori Mateu Alemani o'rtasidagi munosabatlar qishki transfer oynasidan so'ng yomonlashdi. Yuzaga kelgan kelishmovchiliklar argentinalik mutaxassisning 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnomasiga qaramay, klubdagi kelajagiga ta'sir qilishi mumkin. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "matraschilar" mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Simeonega o'rinbosar izlashga kirishgan. Ta'kidlanishicha, bunga birinchi navbatda Alemani bilan qarama-qarshiliklar emas, balki jamoaning natijalari ta'sir qilishi mumkin. Argentinalik so'nggi oylarda yo'qotilgan ishonchni qaytarish uchun "Atletiko" ko'rsatkichlarini yaxshilashi kerak.

"Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola Simeonening o'rniga asosiy nomzod bo'lib turibdi. Ammo ispaniyalikning o'zi faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishni ma'qul ko'rmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ