logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Saliba o'zini "Real"ning sobiq futbolchisi bilan taqqosladi

 7 FEVRAL, 2026, 07:00

Londonning "Arsenal" klubi markaziy himoyachisi Vilyam Saliba o'zini qaysi sobiq futbolchi bilan taqqoslash mumkinligini aytdi.

"Kanonirlar"ning 24 yoshli markaziy himoyachisi Madridning "Real" va "Manchester Yunayted" klublaridagi o'yinlari bilan mashhur bo'lgan hamyurti Rafael Varanni yodga oldi.

"Yaxshi savol. O'yinni endi boshlaganimda odamlar meni Varanga o'xshatishardi. Shuning uchun, ehtimol, agar bitta sobiq futbolchini tanlash kerak bo'lsa, men uning ismini aytaman", - deya Salibaning javobini keltiradi Madrid Xtra.

Rafael Varan 2024 yilda navbatdagi jarohatidan so'ng butsasini mixga ilib qo'ygan edi. Frantsuzning faoliyatidagi so'nggi klubi Italiyaning "Komo" klubi bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ