"PSJ" "Barselona"dan kelgan futbolchini Chempionlar ligasiga ro'yxatdan o'tkazdi
7 FEVRAL, 2026, 06:54
"Pari Sen-Jermen" yarimhimoyachisi Dro Fernandes Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga yo'llanma oldi.
18 yoshli futbolchi yanvar oyi oxirida "Barselona"dan 8 mln evro evaziga parijliklar safiga qo'shilgandi. Juma kuni ma'lum bo'lishicha, frantsuz grandi ispaniyalik yangi o'yinchini Chempionlar Ligasi qaydnomasiga kiritgan.
Shu tariqa, futbolchi Luis Enrike jamoasining "Monako" bilan 17 va 25 fevral kunlari pley-offning o'tish bosqichida bo'lib o'tadigan uchrashuvlarida ishtirok etishi mumkin bo'ladi.
