logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola Sherkining kelajagi haqida fikr bildirdi

 7 FEVRAL, 2026, 01:00

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumkor yarim himoyachi Rayan Sherkidan nimalar kutayotganini aytdi.

22 yoshli frantsuz «Lion»dan ko'chib o'tganidan so'ng Angliyadagi ilk mavsumini hayratlanarli darajada o'tkazmoqda.

«Agar Sherkining mahorati va xarakteri haqida gapiradigan bo'lsak, bu hamma uchun ayon — top-daraja. U uzoq vaqt yuqori cho'qqida qola oladimi? Bu savolni Rayan o'ziga o'zi berishi kerak. U kim bo'lishni xohlaydi? U yaxshi yigit, jamoadoshlari bilan munosabatlari ham a'lo darajada», — deya Gvardiolaning so'zlarini keltirmoqda «City Report».

Rayan Sherki «shaharliklar» safida joriy mavsumda o'tkazilgan 30 ta o'yinda 9 ta gol va 9 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ