logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

SPL. Ronaldusiz "An-Nasr" "Al-Ittihod"ni taslim qildi

 7 FEVRAL, 2026, 00:48

"An-Nasr" o'z maydonida Saudiya Arabistoni chempionatining 21-turi doirasida "Al-Ittihod"ni mag'lub etdi — 2:0.

85-daqiqada Sado Mane penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 90+7-daqiqada esa Anjelo oradagi farqni oshirdi. "An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu ketma-ket ikkinchi o'yinni o'tkazib yubordi. Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, portugaliyalik futbolchi klub rahbariyatidan norozi.

"An-Nasr" ketma-ket oltinchi g'alabasini qo'lga kiritdi va 49 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. "Al-Ittihod" esa 34 ochko bilan ettinchi pog'onada bormoqda.

An-Nasr - Al-Ittihod - 2:0

Gollar: Mane, 85 - s penalti (1:0). Anjelu Gabriel, 90 (2:0)

An-Nasr: Bentu, Inigo Martines, Al-Amri, Simakan, Al-Gannam (Al-Xassan, 90), Anjelu Gabriel, Al-Xaibari (Yaxya, 76), Brozovich, Koman (Abdullah Al-Hamdan, 89), Joau Feliks, Mane (Al-Bushal, 89)

Al-Ittihod: Raykovich, Mitay, Kadesh (Xadji, 90), Danilu Perreyra, Al-Djulaydan (Barnavi, 73), Fabinyu, Dumbiya, Diabi, Auar, Shankiti (Al-Gamdi, 46), En-Nesiri

Ogohlantirishlar: Koman, 86. Al-Amri, 90 - Al-Djulaydan, 28. Fabinyu, 49. Al-Gamdi, 62. Danilu Perreyra, 82

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ