logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta: "Chempionlik haqidagi gap-so'zlarga vaqtimiz yo'q"

 6 FEVRAL, 2026, 22:06

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta o'z jamoasi va muxlislarning yuqori kutilmalari haqida fikr bildirdi.

"Bizda ajoyib jamoa bor. Futbolchilar hayratlanarli darajada mehnat qilishmoqda. Barchamiz ruhlanganmiz va birga ekanligimizdan xursandmiz. Mavsum yakuniga qadar bundan zavq olishda davom etamiz.

Titul haqidagi gaplar sababli bosim sezilyaptimi? Bunday narsalarga vaqtimiz yo'q. Biz o'yinlar va mashg'ulotlar bilan bandmiz. Chempionlikkacha esa hali ancha bor. Biz o'rganish va rivojlanishda davom etmoqchimiz", — dedi Arteta matbuot anjumanida.

Hozirda "Arsenal" Premer-ligada peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o'rindagi "Manchester Siti"ni olti ochkoga ortda qoldirmoqda. Eslatib o'tamiz, "kanonirlar" so'nggi bor 2004 yilda chempion bo'lishgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ