logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Yunayted" Ueyn Runining o'g'li bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

 6 FEVRAL, 2026, 16:36

Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Ueyn Runining o'g'li — Kay Runi "qizil iblislar" bilan yangi kelishuv imzolashi mumkin. Bu haqda "Tribal Football" jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, mankunianliklar klubi rahbariyati hamkorlikni uzaytirish bo'yicha muzokaralar o'tkazishga tayyor. 16 yoshli hujumchi bir yillik mehnat shartnomasi imzolashi mumkin, bu esa keyinchalik 50 ming funt miqdoridagi maosh ko'zda tutilgan professional kontraktga aylanadi.

Angliya chempionatining 24 turidan so'ng "Manchester Yunayted" turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Maykl Karrik shogirdlari Premer-ligadagi navbatdagi uchrashuvni Londonning "Tottenxem" klubiga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ