logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nunu Eshpiritu Santu tovon pulisiz ishdan haydalishi mumkin

 6 FEVRAL, 2026, 16:30

Londonning "Vest Xem" klubi 2025/2026 yilgi mavsum yakunida jamoa bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santuni iste'foga chiqarishi mumkin.

"The Sun" jurnalistlarining xabar berishicha, mutaxassisning mehnat shartnomasida jamoa APLdan tushib ketgan taqdirda uni lavozimidan ozod etish mumkinligi haqida band mavjud. Shuningdek, bunday vaziyatda "bolg'achilar" hamkorlikni muddatidan oldin to'xtatgani uchun murabbiyga tovon puli to'lashga majbur emasligi qayd etilgan.

Angliya chempionatining 24 turidan so'ng "Vest Xem" 20 ochko jamg'arib, turnir jadvalining 18-pog'onasida bormoqda. Navbatdagi uchrashuvni jamoa safarda "Byornli"ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ