logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Los-Anjeles-2028 Olimpiya o'yinlariga saralash tizimi tasdiqlandi

 6 FEVRAL, 2026, 14:00

XOQ va Xalqaro og'ir atletika federaciyasi "Los-Anjeles-2028" yozgi Olimpiya o'yinlari uchun saralash tizimi tasdiqlanganini elon qildi. Unga ko'ra, 2028 yilda bo'lib o'tadigan XXXIV yozgi Olimpiya o'yinlarida 120 nafar og'ir atletikachi ( 60 nafar erkak va 60 nafar ayol) ishtirok etadi.

Musobaqalar erkaklar o'rtasida -65, -75, -85, -95, -110 va +110 kg, ayollar o'rtasida esa -53, -61, -69, -77, -86 va +86 kg vazn toifalarida o'tkaziladi.

Olimpiya o'yinlariga saralash musobaqalari joriy yilning iyul oyidan boshlanib, 2028 yil may oyiga qadar davom etadi.

Ushbu davr mobaynida dunyoning eng kuchli og'ir atletikachilari jahon va qita chempionatlari, yo'llanma taqdim etadigan turnirlarni qamrab olgan 10 ta musobaqada Olimpiya o'yinlari yo'llanmasi uchun kechadigan murosasiz kurashlarda qatnashadi.

Eslatib o'tamiz, 2027 yili poytaxtimiz Toshkent Olimpiya saralash musobaqalaridan biriga mezbonlik qiladi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ