logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bavariya» «Inter» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

 6 FEVRAL, 2026, 13:36

Milanning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Yann-Aurel Bissekk Myunxenning «Bavariya» klubi qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda SPORT1 nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, «Bavariya» 25 yoshli himoyachini kuzatib bormoqda, biroq hozircha futbolchi bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqaga chiqilmagan. Germaniya grandi Dayo Upamekano jamoada qolganiga qaramay, markaziy himoyachilar bozorini o'rganishda davom etmoqda.

Yanvar oyida «Inter» Bissekkni Angliya Premer-ligasi klublaridan biriga sotishdan bosh tortgan edi, endilikda «neradzurri» o'z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Joriy mavsumda Bissekk barcha turnirlarni hisobga olgan holda 21 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ