logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Farke: «Shon Daych APLda o'z mahoratini isbotlab bo'lgan»

 6 FEVRAL, 2026, 11:30

«Lids» bosh murabbiyi Daniel Farke APL 25-turi doirasidagi «Nottingem Forest»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Uchrashuv 6 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Farke raqib jamoa murabbiyining darajasini yuqori baholadi.

«Shon Daych APL darajasida o'zini isbotlagan tajribaga ega. U jamoaga katta barqarorlik olib keldi. Uning jamoasi yuqori sifatga ega va o'tgan mavsumda evrokuboklarga yo'llanma oldi. «Nottingem» ko'pincha o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoladi yoki atigi 1 ta gol o'tkazib yuboradi. Men keskin o'yin kutyapman, bunday bahsda vaziyatlar yaratish qiyin bo'ladi, shuning uchun biz eng yaxshi formamizda bo'lishimiz kerak. Bizga muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashi zarur», — deya Farkening so'zlarini keltirmoqda BBC.

«Nottingem» turnir jadvalida o'n oltinchi, «Lids» esa o'n ettinchi o'rinda bormoqda. Har ikki klub 26 tadan ochko jamg'argan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ