Vlaxovich APLga yo'l olishi mumkin
6 FEVRAL, 2026, 08:48
Dushan Vlaxovich faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Futbolchining «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida nihoyasiga etadi. Hozirga qadar tomonlar yangi bitim borasida kelishuvga erisha olmadilar. Vlaxovich atrofidagi vaziyatni «Chelsi» va «Nyukasl» diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shuningdek, futbolchi «Milan» nishonida ham turibdi.
Dushan Vlaxovich yiliga 12 million evro maosh olmoqchi. Ta'kidlanishicha, APL klublari forvardning ushbu moliyaviy talablarini qondirishga qodir.
