logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ronaldu isyoni: Boshqaruv o'zgarmaguncha maydonga tushmayman!

 6 FEVRAL, 2026, 08:18

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu maydonga qaytish niyatida emas. Payshanba kuni o'zining 41 yoshini nishonlagan portugaliyalik futbolchi jamoa o'yinlarini boykot qilishda davom etmoqda. Al Nassr Zone nashrining Saudiya OAVlariga tayanib xabar berishicha, forvard klub rahbariyatiga "samarasiz boshqaruv" bilan bog'liq vaziyat hal etilmagunga qadar chempionat bahslarida ishtirok etmasligini ma'lum qilgan.

Avvalroq turli manbalar Krishtianu Ronalduning yozgi transfer oynasida "An-Nasr"dan ketishi mumkinligi haqida ma'lumotlar tarqatgan edi. Faoliyatini davom ettirish uchun eng ehtimoliy variantlar sifatida Evropaning etakchi chempionatlaridan biriga qaytish yoki MLSga ko'chib o'tish tilga olinmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ