logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Endrik Ronaldu va Neymarni tabrikladi

 6 FEVRAL, 2026, 05:24

«Lion» hujumchisi Endrik Krishtianu Ronaldu va Neymarga murojaat qildi. Payshanba kuni portugaliyalik forvard 41 yoshini, braziliyalik futbolchi esa 34 yoshini nishonladi. Endrik ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Ronaldu va Neymarning «Real» hamda «PSJ» o'rtasidagi eski o'yinlardan birida tushgan birgalikdagi suratini joylashtirdi.

«Tug'ilgan kuningiz bilan, kumirlarim!» — deb yozib qoldirdi Endrik surat ostida.

Eslatib o'tamiz, Endrik shu qishda Madridning «Real» klubidan ijara asosida «Lion»ga o'tgan edi. 19 yoshli braziliyalik «to'quvchilar» safidagi 5 ta o'yinda 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda «Lion» Frantsiya Liga 1 turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.

Hozirgi vaqtda Krishtianu Ronaldu «An-Nasr»da, Neymar esa vatanida — «Santos» klubida to'p surmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ