logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fabritsio Romano Ronalduning boykotiga nima sabab bo'layotganini ma'lum qildi

 5 FEVRAL, 2026, 23:06

Krishtianu Ronaldu «An-Nasr»ning ketma-ket ikkinchi o'yinini o'tkazib yuboradi. Payshanba kuni 41 yoshni qarshi olgan portugaliyalik yulduz Pro-liganing navbatdagi turi doirasidagi «Al-Ittihod»ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi.

Mashhur insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Ronalduning «An-Nasr» klubiga nisbatan hech qanday e'tirozi yo'q. Futbolchining noroziligi faqatgina Saudiya Arabistoni Suveren jamg'armasi (PIF) bilan bog'liq. Aynan shu sababli Krishtianu boykotni davom ettirmoqda.

Saudiya Arabistoni Suveren jamg'armasi Pro-liganing to'rtta klubini boshqaradi. Ronalduning hisoblashicha, jamg'arma «Al-Hilol»ga ko'proq mablag' ajratmoqda va bu «An-Nasr»ning sport sohasidagi istiqbollariga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ