logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» fanatlari jamoadan Ronalduni tug'ilgan kuni bilan tabriklashni talab qilishmoqda

 5 FEVRAL, 2026, 22:54

Bugun, 5 fevral kuni Krishtianu Ronaldu o'zining 41 yoshini nishonlamoqda. «Sporting», «Manchester Yunayted» va «Yuventus» klublari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali sobiq futbolchisini tabriklab ulgurishdi. «Real Madrid» esa hozircha sukut saqlamoqda.

«Qirollik klubi»ning ijtimoiy tarmoqlardagi boshqa postlari ostida muxlislar faollashib ketishdi. Ular klubdan Ronalduga atalgan tabrikni e'lon qilishni tom ma'noda talab qilishmoqda. Ko'ramiz, «qaymoqranglilar» muxlislar fikriga quloq tutisharmikan.

Krishtianu Ronaldu 2009–2018 yillar davomida «Real» sharafini himoya qilgan. Hozirda portugaliyalik yulduz «An-Nasr»da to'p surmoqda. Jamoa Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ