logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Lester»dan olti ochko olib tashlandi

 5 FEVRAL, 2026, 22:48

Mustaqil komissiya «Lester»dan olti ochko olib tashlashni tavsiya qildi. Sabab — klubning 2023/2024 yilgi mavsumda foyda va barqaror rivojlanish qoidalarini (PSR) buzganligidir.

Ingliz futboli ligasi (EFL) kengashi allaqachon komissiyaning «Lester»dan Chempionship jadvalida olti ochko olib tashlash haqidagi tavsiyasini tasdiqladi. Bu haqda APL rasmiy saytida xabar berilgan. APL «tulkilar»ning qoidabuzarliklari bo'yicha ishni 2024 yilda, jamoa yuqori divizionga chiqqanidan so'ng qabul qilib olgan edi. 2025 yilning may oyida ish mustaqil komissiyaga topshirilgan.

Olti ochko olib tashlanishidan oldin «Lester» Chempionship jadvalida 17-o'rinda borayotgan edi. Jazodan so'ng «tulkilar» 20-o'ringa tushib ketdi.

Eslatib o'tamiz, «Lester» 2016 yilda Premer-liga chempionligini qo'lga kiritgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ