logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Pellegrini: «Atletiko» kuchli, lekin biz mag'lub bo'lish uchun maydonga tushmaymiz»

 5 FEVRAL, 2026, 22:42

«Betis» bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Ispaniya Kubogi chorak finali doirasidagi «Atletiko Madrid»ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Uchrashuv bugun tunda bo'lib o'tadi.

«Keyingi bosqichga chiqish biz uchun juda muhim. Umid qilamanki, o'yinni yuqori darajadagi diqqat-e'tibor bilan o'tkazamiz. Chempionatdagi o'yinga qaraganda yaxshiroq natija kutmoqdamiz. «Atletiko» — kuchliroq klub, lekin bu maydonga mag'lub bo'lish uchun tushamiz degani emas», — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Ondacero.

Murabbiy darvoza chizig'ida hech qanday o'zgarish qilmasligini ta'kidladi. Qolgan ikki darvozabon — Pau Lopes va Alvaro Vales yaxshi sport formasida bo'lishiga qaramay, Adrian San-Migel asosiy tarkibda o'ynashda davom etadi. Bundan tashqari, Pellegrini 10 yanvar kuni «Ovedo»ga qarshi o'yinda mushaklaridan jarohat olgan kolumbiyalik hujumchi Kucho Ernandes maydonga tushmasligini aytdi. Jamoa qaydnomasiga esa «Atletiko»ning sobiq a'zosi Rodrigo Rikelme va chap qanot himoyachisi Xunior Firpo qaytdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ