logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Boykot davom etadi: Ronaldu «Al-Ittihod»ga qarshi o'ynamaydi

 5 FEVRAL, 2026, 22:24

Hujumchi Krishtianu Ronaldu boykotni davom ettirmoqda. Portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistoni chempionati doirasida juma kuni «Al-Ittihod»ga qarshi kechadigan bahsda maydonga tushmaydi, vaholanki u sog'lom holatda. Bu haqda Transfer News Live xabar bermoqda.

Bu Ronaldu uchun boykot sababli o'tkazib yuboriladigan ketma-ket ikkinchi o'yin bo'ladi. Forvard Saudiya Arabistoni Suveren jamg'armasi klubni boshqarish usulidan norozi. Krishtianuning fikricha, jamg'arma «Al-Hilol»ga ko'proq mablag' ajratmoqda va bu bilan «An-Nasr»ning chempion bo'lishiga to'sqinlik qilmoqda.

Payshanba kuni Krishtianu Ronaldu 41 yoshga to'ldi. Besh karra «Oltin to'p» sohibining amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ