logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Messi kelajakda «Barselona»ga qaytishga qaror qilgan

 5 FEVRAL, 2026, 18:42

Lionel Messi «Barselona»ni 2021 yilda tark etgan edi. Xayrlashuv matbuot anjumanida argentinalik yulduz ko'z yoshlarini tiya olmagandi, biroq ko'z yoshlar bilan muammoni hal qilib bo'lmasdi. O'shanda «ko'k-anorranglilar» moliyaviy qiyinchiliklar sababli Messiga yangi shartnoma taklif qila olishmagan.

The Touchline nashrining Marca’ga tayanib xabar berishicha, Messi kelajakda «Barselona»ga qaytishga 100 foiz qaror qilgan. Shu bilan birga, hozircha Leo jonajon klubiga qaysi rolda qaytishni istashi noma'lum bo'lib qolmoqda.

Hozirda Lionel Messi MLSda «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda. O'tgan kuzda Messi klub bilan shartnomasini 2028 yil oxirigacha uzaytirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ