«Chelsi» «Real» hujumchisini sotib olish uchun bor imkoniyatini ishga soladi
5 FEVRAL, 2026, 18:18
«Chelsi» yozgi transfer oynasida «Real» hujumchisi Endrikni sotib olish uchun hamma narsaga tayyor. Bu haqda Topskills Sport UK nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, braziliyalik futbolchi «ko'klar»ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. London klubi Endrikdan qanotda emas, balki markaziy hujumchi pozitsiyasida foydalanishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, hozircha «Chelsi» rahbariyati «Real»ga rasmiy taklif yuborishga shoshilmayapti. Biroq «ko'klar» braziliyalik iqtidor egasi uchun 70–80 million evro taklif qilishlari mumkin.
