logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ferdinand Ronalduni 41 yoshi bilan tabrikladi

 5 FEVRAL, 2026, 17:00

Payshanba kuni Krishtianu Ronaldu o'zining 41 yoshini nishonlamoqda. «Manchester Yunayted»dagi sobiq jamoadoshi Rio Ferdinand portugaliyalik yulduzga o'z tabriklarini yo'lladi.

Ferdinand ijtimoiy tarmoqlarda Ronaldu bilan tushgan eski suratini e'lon qildi. Ushbu surat «Manchester Yunayted» mashg'ulotlari vaqtida olingan.

«Tug'ilgan kuning bilan, do'stim», — deb yozib qoldirdi Rio.

Krishtianu Ronaldu hozirda Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubida to'p surmoqda. Portugaliyalikning amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan. Faoliyati davomida hujumchi besh bor «Oltin to'p» sohibiga aylangan.

Juma kuni, 6 fevral kuni «An-Nasr» Saudiya Pro-ligasi doirasida «Al-Ittihod»ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ