logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

“Men uchun futbolchining yoshi muhim emas” — Kannavaro terma jamoaga chaqiruv haqida

 5 FEVRAL, 2026, 15:18

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga bergan intervyusida futbolchilarni terma jamoaga jalb qilish haqida gapirdi.

“Gap yoshda emas, sifatda. Futbolchining necha yoshga kirgani emas, iste'dodi va jangchi sifatidagi xarakteri muhim. Agar futbolchi 17–19 yoshda tayyor bo'lsa, milliy jamoaga chaqirilishi kerak. Nega ularni yosh deb, U-21 yoki U-23 jamoalarida qoldirishimiz kerak? Agar biror o'yinni ko'rishga borsam, bu shunchaki tashrif emas. Men futbolchining real vaziyatdagi harakatlarini o'z ko'zim bilan ko'rishni istayman. Safarda bo'lsam ham stadionlarga borishni afzal ko'raman. O'yinni jonli tomosha qilish o'rniga uyda ketma-ket bir nechta video ko'rish men uchun zerikarli. Stadionga borib futbolchini bevosita kuzatishni xohlayman, chunki barcha mayda detallarni video orqali ko'rib bo'lmaydi. Aynan shu mayda jihatlar keyinchalik muhim ahamiyat kasb etadi”, — dedi Kannavaro.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdi. Ushbu yig'in davomida bosh murabbiy Fabio Kannavaro bir qator yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazdi. Ular orasida darvozabon Samandar Murotboev va himoyachi Behruz Karimov ham bor edi.

Yig'in doirasida milliy terma jamoa Xitoy terma jamoasi bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi, shuningdek, Armaniyaning “Urartu” klubini 4:2 hisobida mag'lub etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ