logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Pogba «Monako»ning EChL qaydnomasidan chiqarib tashlandi

 5 FEVRAL, 2026, 13:54

«Monako» Pol Pogbani Chempionlar ligasi uchun topshirilgan qaydnomasidan chiqarib tashladi. Monegasklarning asosiy evrokubok uchun taqdim etgan rasmiy tarkibida shov-shuvlar markazidagi xavbek qayd etilmagan.

Frantsiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, «Monako» rahbariyati Pogbaning kelajagi bo'yicha qaror qabul qilgan. Klub endi Polning xizmatlariga ehtiyoj sezmayapti. Monegasklar frantsiyalik futbolchi bilan shartnomani bekor qilishga tayyor.

Ta'kidlanishicha, «Monako» Pogbaning doping sababli yuzaga kelgan diskvalifikatsiyadan keyin katta futbolga qaytishidan ko'proq narsa kutgan edi. Biroq doimiy jarohatlar va sport formasining pastligi klub rahbariyatining hafsalasini pir qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ