logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Marko Roys Qozog'iston klubidan taklif oldi

 5 FEVRAL, 2026, 13:48

Dortmundning «Borussiya» klubi va Germaniya terma jamoasi faxriysi, hozirda MLSda to'p tepayotgan Marko Roys Qozog'istonga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ivan Karpov o'z telegram-kanalida ma'lum qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, 36 yoshli hujumchi «Aktobe» klubidan taklif olgan. Yaqin vaqt ichida Roys Qozog'iston klubiga o'z javobini beradi.

Avvalroq «Aktobe» «Manchester Yunayted» va Portugaliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Luish Nani bilan shartnoma imzolagan edi.

Roys 2024 yilda ko'chib o'tgan «Los-Andjeles Gelaksi» sharafini himoya qilmoqda. Amerika klubi tarkibida u 39 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol va 12 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ