logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ketma-ket 4 o'yinda gol urgan Yamal o'z samaradorligi haqida gapirdi

 5 FEVRAL, 2026, 12:54

«Barselona» vingeri Lamin Yamal o'z samaradorligi haqida fikr bildirdi.

18 yoshli ispaniyalik futbolchi yaqinda shaxsiy rekordini o'rnatdi — u faoliyatida ilk bor «ko'k-anorranglilar» safida ketma-ket to'rtta o'yinda gol urishga muvaffaq bo'ldi. Shunga qaramay, futbolchining ta'kidlashicha, bu u uchun asosiy narsa emas.

«Mening o'yin uslubim faqat urilgan gollarga bog'lanib qolmagan. Bu erda vaziyat turlicha: men yaxshi o'ynashim mumkin, lekin gol urmasam, odamlar norozi bo'lishadi. Yoki gol urib, yomon o'yin ko'rsatishim mumkin, bu ham norozilik uyg'otadi. Mening asosiy maqsadim — jamoa g'alabasi uchun hamma narsani qilish», — deya Yamalning so'zlarini keltirmoqda Barca Universal.

Kataloniya grandi yulduzi joriy mavsumda barcha turnirlarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 14 ta gol va 13 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ