logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yamal - EChL haqida: «Raqib kim bo'lishidan qat'i nazar, g'alaba uchun o'ynaymiz»

 5 FEVRAL, 2026, 12:18

«Barselona» vingeri Lamin Yamal jamoaning joriy Chempionlar ligasidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.

«Ko'k-anorranglilar» umumiy bosqich turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab, musobaqaning 1/8 finaliga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Kataloniyaliklarning raqibi pley-offning o'tish bosqichi o'yinlari yakunlanganidan keyin ma'lum bo'ladi.

«Aslini olganda, umumiy bosqich yakunlariga ko'ra egallangan o'rin u qadar muhim emas — buning yagona ustunligi dam olish uchun qo'shimcha imkoniyat borligida, xolos. Keyingi raqibga kelsak, shuni bilamanki, kimga qarshi o'ynashimizdan qat'i nazar, biz bor kuchimizni ishga solamiz va g'alaba uchun hamma narsani qilamiz», – dedi Yamal.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasining o'tgan mavsumida «Barselona» yarim finalgacha etib borgan, biroq Milanning «Inter» klubi to'sig'idan o'ta olmagan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ