logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Trafford yoki Donnarumma: Gvardiola Liga kubogi finali uchun darvozabon tanladi

 5 FEVRAL, 2026, 12:00

«Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola Angliya liga kubogi finali doirasida Londonning «Arsenal» klubiga qarshi bahsda jamoa darvozasini kim qo'riqlashini ma'lum qildi.

«Traffordning kelajagi buyuk, u yuqori darajadagi darvozabon. Uning jamoamizda ekanligidan xursandman. «Arsenal» bilan finalda kim maydonga tushadi? Jeyms ilk bor bunday turnir finalida o'ynaydi. Boshqa musobaqalarga kelsak, u erda vaziyat boshqacha bo'lishi mumkin», — deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi The Independent nashri.

Eslatib o'tamiz, APL va Chempionlar ligasida «shaharliklar»ning birinchi raqamli posboni italiyalik Djanluidji Donnarumma hisoblanadi.

«Manchester Siti» va «Arsenal» o'rtasidagi final bahsi 22 mart kuni «Uembli» stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ