logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kichik Mbappe ikki oyga safdan chiqdi

 5 FEVRAL, 2026, 11:48

Frantsiyaning «Lill» klubi yarim himoyachisi, «Real» yulduzi Kilian Mbappening ukasi — Itan Mbappe son qismidan jarohat oldi. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi taxminan ikki oyni lazaretda o'tkazadi.

«Faoliyatimda men engib o'tishim kerak bo'lgan yangi to'siq paydo bo'ldi. Men yanada kuchli bo'lib qaytishga qaror qilganman. Tez orada ko'rishamiz», — deb yozib qoldirdi yarim himoyachi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

2025/2026 yilgi mavsumda kichik Mbappe «Lill» tarkibida 15 ta o'yinda ishtirok etdi. Yarim himoyachi o'z hisobiga uchta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'yishga ulgurdi.

Liga 1 ning 20 turidan so'ng «Lill» 32 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ