logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Timber - Xaverts haqida: «Uning yo'qligi doim sezilardi»

 5 FEVRAL, 2026, 11:30

Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Yurren Timber jamoadoshi Kay Xaverts haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Germaniyalik futbolchi yaqinda jarohatidan sog'ayib safga qaytdi. Ushbu jarohat sababli u mavsumning deyarli butun birinchi yarmini o'tkazib yuborgan edi. So'nggi uchta o'yinda hujumchi ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.

«Kay ham maydonda, ham uning tashqarisida jamoa uchun juda muhim. Uning naqadar ajoyib qobiliyatlarga ega ekanligini hamma ko'rib turibdi va biz u uchun juda xursand bo'ldik. U quvnoq va yoqimli inson, umuman kamgap emas. Menimcha, uning yo'qligi doim seziladi, shuning uchun u yana safimizda ekanligidan xursandmiz. Umid qilamanki, uni oldinda hali ko'plab yorqin lahzalar kutmoqda», — deya Timberning so'zlaridan iqtibos keltiradi ingliz OAVlari.

Shanba kuni «kanonirlar» Premer-liga doirasida o'z maydonlarida «Sanderlend»ni qabul qilishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ