logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Inter" Italiya Kubogi 1/2 finaliga chiqdi

 5 FEVRAL, 2026, 09:16

Italiya Kubogining 1/4 final bosqichi doirasidagi "Inter" va "Torino" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda sensaciya qayd etilmadi.

"San-Siro"da kechgan qiziqarli to'qnashuvda mezbonlar kichik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritishdi.

Milandagi bahs tafsilotlari:

35-daqiqada milanliklar hujumchisi Anj-Yoan Bonni hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi

Ikkinchi bo'lim boshida, 47-daqiqada Andi Diuf "neradzurri"ning ustunligini mustahkamladi

Mehmonlar safida Sandro Kulenovich 57-daqiqada gol urib, o'yinga intrigani qaytardi, biroq turinliklar bundan ortig'iga kuch topa olishmadi — 2:1.

SHu tariqa, "Inter" yarim final yo'llanmasini naqd qildi. Ertaga musobaqaning ushbu bosqichida bizni yana bir super to'qnashuv — "Atalanta" va "Yuventus" bahsi kutib turibdi

Eslatib o'tamiz, Italiya Kubogining amaldagi sohibi "Bolonya" hisoblanadi. Ular o'tgan yilgi finalda "Milan"ni (1:0) mag'lub etishgan edi



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ