logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Hau yarim finalda "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyatni izohladi

 5 FEVRAL, 2026, 07:48

"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Hau Angliya Liga Kubogi yarimfinalidan o'rin olgan "Manchester Siti"ga (1:3) qarshi javob o'yini haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Shaharliklar" dastlabki uchrashuvda qo'lga kiritilgan ustunlikni mustahkamlab, finalga yo'l oldi. Uchrashuvning umumiy hisobi - 5:1 Xosep Gvardiola jamoasi foydasiga.

"O'yinning boshlanishi biz kutgandek bo'lmadi. Bu o'yinning keyingi borishiga ta'sir ko'rsatdi. Hujumdagi isrofgarchiligimiz uchun jazolandik. Bunday o'yinda ikkita uchrashuvda bitta gol urish - katta ko'ngilsizlik. Hammasi butunlay boshqacha bo'lishi mumkin edi, ammo bu haqiqat, biz buni qabul qilamiz", - dedi Xau muvaffaqiyatsizlikdan keyin Sky Sports’ga bergan intervyusida.

Liga kubogi finalida "Manchester Siti" "Arsenal"ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ