logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Siti" "Nyukasl"ni mag'lub etdi va Liga kubogi finalida "Arsenal" bilan o'ynaydi

 5 FEVRAL, 2026, 06:12

"Manchester Siti" Angliya Liga Kubogi 1/2 final javob o'yinida "Nyukasl"dan ustun keldi - 3:1. O'yin Manchesterdagi "Etihad" stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida "shaharliklar" hujumchisi Omar Marmush hisobni ochdi. Oradan 20 daqiqa o'tib, u dubl qayd etgan bo'lsa, Tijani Reynders hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. Ikkinchi bo'lim boshida Entoni Elanga gol urdi.

Birinchi o'yinda "Siti" 2:0 hisobida g'alaba qozondi, shuning uchun ikki o'yin natijasiga ko'ra finalga chiqdi.

Mazkur bahsda hamyurtimiz Abduqodir Husanov to'liq 90 daqiqa harakat qildi va alohida harakatlari bilan ajralib turmadi.

Finalda "Manchester Siti" "Chelsi"ni mag'lub etgan "Arsenal" bilan o'ynaydi. Uchrashuv 22 mart, yakshanba kuni "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ