logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real»da yanvar oyining qahramoni aniqlandi

 5 FEVRAL, 2026, 02:12

«Real» matbuot xizmatining xabar berishicha, hujumchi Kilian Mbappe yanvar oyi yakunlariga ko'ra Madrid klubining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ushbu sovrin uchun kurashda frantsiyalik forvard darvozabon Tibo Kurtua, yarim himoyachilar Arda Gyuler va Federiko Valverde, shuningdek, hujumchi Vinisius Juniorni ortda qoldirdi. O'tgan oyda Mbappe «Real» tarkibida barcha musobaqalarda beshta o'yinda maydonga tushib, sakkizta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Kilian Mbappe 2024 yilda «PSJ»dan «Real»ga erkin agent sifatida o'tgan edi. Uning «qaymoqranglilar» bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda hujumchi Madrid klubi safida 30 ta o'yin o'tkazib, 37 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ