logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Robertsonning "Tottenxem"ga transferi amalga oshmasligi mumkin

 4 FEVRAL, 2026, 22:06

"Liverpul" himoyachisi Endryu Robertsonning "Tottenxem"ga o'tishi amalga oshmasligi mumkin.

Football Insider nashrining ma'lumotlariga ko'ra, shotlandiyalik futbolchi shu yozda "qizillar" bilan shartnomasi yakunlangach, London klubiga o'tmasligi mumkin. Yanvar oyida "shporlar" tomonidan kuchli qiziqish bo'lganiga qaramay, himoyachi yakuniy qaror qabul qilishdan oldin faoliyatini davom ettirishning barcha variantlarini, jumladan, chet elga ko'chib o'tish yoki faoliyatini boshlagan "Seltik" klubiga qaytish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqchi.

Endryu Robertson 2017 yilda "Xall Siti"dan "Liverpul"ga to'qqiz million evro evaziga o'tgan edi. Joriy mavsumda himoyachi "qizillar" safida barcha turnirlarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ