logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Turkiya kubogi. Shomurodov va Fayzullaev gol urgan bahsda “Bashakshehir” yirik hisobda g'alaba qozondi (videosharh)

 4 FEVRAL, 2026, 21:34

Turkiya kubogi guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan “Karagyumruk” hamda “Bashakshehir” o'rtasidagi bahs yakuniga etdi. 4 fevral, chorshanba kuni Istanbuldagi “Otaturk” stadionida kechgan bahsda Nuri Shahin boshchiligidagi jamoa yirik 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdagi hisob 8-daqiqada Abbosbek Fayzullaev tomonidan ochilgan bo'lsa, 22-daqiqada Eldor Shomurodov ham gol urib hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi. Ammo Shomurodov 26-daqiqada o'zini noqulay sezgani sabab zaxiraga olindi. Uning o'rniga Migel Krespo maydonga tushdi.

Ikkinchi bo'limning 50-daqiqasida zaxiradan o'yinga qo'shilgan Krespo hisobni yirik ko'rinishga keltirib qo'ydi. 65-daqiqada Ivan Brnich “Bashakshehir”ning 4-golini kiritdi. 79-daqiqada “Karagyumruk” hisobni bittaga qisqartirdi, ammo bu gol jamoani mag'lubiyatdan qutqarib qolmadi.

Shu tariqa, “Bashakshehir” Turkiya kubogining 3-turida yirik hisobda g'alaba qozonib, o'z hisobiga navbatdagi 3 ochko yozdirib qo'ydi. Mazkur g'alabadan keyin Nuri Shahin boshchiligdagi jamoa 6 ochko to'plagan holda “A” guruhi turnir jadvalida 3-pog'onani egallab turibdi.

“Bashakshehir” safida o'ynaydigan O'zbekiston terma jamoasining ikki nafar a'zosi ham asosiy tarkibda maydonga tushdi. Shomurodov 26-daqiqada jarohat sabab almashtirilgan bo'lsa, Abbosbek Fayzullaev 58-daqiqada zaxiraga olindi.

Turkiya kubogi, 3-tur
“Karagyumruk” — “Bashakshehir” 1:4
Gollar: 0:1 — Fayzullaev (8), 0:2 — Shomurodov (22), 0:3 — Krespo (50), 0:4 — Brnich (65), 1:4 — Kone (79)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ