logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Semeno: "Gvardiola bilan ishlayotganim haligacha tushga o'xshamoqda"

 4 FEVRAL, 2026, 15:54

"Manchester Siti" hujumchisi Antuan Semeno jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Shaharliklar" ganalik futbolchini yanvar oyida "Bornmut"dan 72 million evro evaziga sotib olgan edi. Yangi kelgan futbolchi yangi jamoasida beshta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirishga ulgurdi.

"Gvardiola bilan ilk bor uchrashganimda biroz esankirab qoldim. Yaqin kelajakda u mening murabbiyim bo'lishini endi anglab etyapman. Bu xuddi tushga o'xshaydi, lekin men aynan shu erda, aynan shu murabbiylar shtabi bilan ishlashni xohlashimni tushundim. Bu menga yangi darajaga chiqishimga yordam beradi. "Manchester Siti"ga o'tganimdan juda xursandman", — deya Semenoning so'zlarini keltirmoqda City Report.

Eslatib o'tamiz, chorshanba kuni Gvardiola shogirdlari Liga kubogi yarim finali doirasida "Nyukasl"ga qarshi javob bahsida maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ