logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rasman: "Fenerbaxche" N'Golo Kante bilan shartnoma imzoladi

 4 FEVRAL, 2026, 13:32

Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi "Al-Ittihod" jamoasi markaziy yarim himoyachisi N'Golo Kante bilan shartnoma imzolaganini rasman malum qildi.

"Bazi hikoyalar vaqt talab qiladi, ammo yakunlanmay qolmaydi. Bizning "Fenerbaxche"mizga xush kelibsiz, N'Golo Kante", — deb yozdi klub matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog'ida.

Avvalroq insayder Fabricio Romano "Fenerbaxche" va "Al-Ittihod" hujjatlarni rasmiylashtirishda yuzaga kelgan muammolardan keyin transfer bo'yicha FIFAdan "yashil chiroq" olganini xabar qilgandi.

Malum qilinishicha, futbolchi va turk klubi o'rtasidagi shartnoma 2028 yil iyuniga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, hujjatlar bilan bog'liq muammolar sabab kelishuv transfer oynasi davrida rasmiylashtirilmagan edi. SHundan so'ng turk klubi "Al-Ittihod" rahbariyatini transfer barbod bo'lishida ayblagan.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ