logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Joan Garsiya: «Flikning ishonchini oqlash uchun bor kuchimni ishga solyapman»

 4 FEVRAL, 2026, 12:54

«Barselona» darvozaboni Joan Garsiya joriy mavsumdagi o'yinlari haqida to'xtalib o'tdi. «Espanol» sobiq futbolchisi «ko'k-anorranglilar» safiga o'tganidan so'ng darhol asosiy tarkibdan joy olishga muvaffaq bo'ldi. Yaqinda Mark-Andre ter Shtegen «Jirona»ga ijaraga yo'l oldi va endilikda ispaniyalik posbon Xans-Diter Flik jamoasining muqobilsiz «birinchi raqami» bo'lishi kutilmoqda.

«Men xursandman. Nihoyat, murabbiy aynan men o'ynashim kerak deb hisoblar ekan, menga faqat quvonish va eng yaxshi sport formamni saqlab qolish qoladi. Flik menga bildirgan ishonchni oqlash uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilishga harakat qilyapman», – deya ta'kidladi 24 yoshli darvozabon Ispaniya Kubogi 1/4 finalida «Albasete» ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng.

Joan Garsiya o'tgan yilning iyun oyida 25 million evro evaziga «Barselona»ga ko'chib o'tgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ